35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Rabotibika qishlog‘ida ichki yo‘l obodonlashtirilmoqda
янв.21
Romish mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Romish mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Eski simyog‘ochlar yangisiga almashtirildi
янв.21
Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
#_munosabat
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tiborda
янв.21
Deputatlik nazorati: toza ichimlik suvi ta’minoti — doimiy e’tiborda
янв.21
Qishloq aholisi uchun zamonaviy tibbiy maskan barpo etilmoqda
DUOBA MFY MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI


📍 DUOBA MFY MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov va 11-sonli “Qo‘rg‘oncha” saylov okrugi deputati Y.Aliyev tomonidan Duoba MFY mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🏘 Mahalla haqida
Duoba MFYda 11 ta ko‘cha, 513 ta xonadon mavjud bo‘lib, aholi soni 2 657 nafar, oilalar soni 606 tani tashkil etadi.
Mahallada 4 ta maktab va 1 ta shifoxona faoliyat yuritadi.
Shuningdek:
·         23 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro;
·         6 nafar probatsiya ro‘yxatida;
·         19 nafar profilaktika ro‘yxatida;
·         34 nafar ishsiz yosh;
·         61 nafar mehnat migratsiyasidagi fuqaro;
·         22 nafar kambag‘al oilalar reestridagi fuqaro mavjud.
👩‍🦰 Xotin-qizlar bilan ishlash
Duoba MFYda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar soni 1 337 nafar bo‘lib, 70 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan.
Shundan:
🔹 20 nafari — ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
🔹 3 nafari — kredit olish istagidagi xotin-qizlar;
🔹 30 nafari — tibbiy yordamga muhtoj;
🔹 17 nafari — huquqiy maslahatga muhtoj xotin-qizlar.
Murojaat qilgan xotin-qizlarning 58 nafariga amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Mahallada 1 ta ajrim yoqasidagi va 2 ta nizoli oila mavjud.
Xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida MFY xotin-qizlar faoli Ch. G‘afforova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.
👨‍👩‍👧‍👦 Yoshlar bilan ishlash
Duoba MFYda jami 798 nafar yosh bo‘lib, shundan 427 nafari erkaklar (53,5%), **371 nafari ayollar (46,5%)**ni tashkil etadi.
🟢 «Yashil» toifa — 546 nafar (68,42%):
Ular orasida rasmiy sektorda band yoshlar, yosh tadbirkorlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilganlar, maktab o‘quvchilari, professional ta’lim o‘quvchilari va oliy ta’lim talabalari mavjud.
🟡 «Sariq» toifa — 252 nafar (31,58%):
Shundan 24 nafari mehnat migratsiyasidagi, 130 nafari norasmiy band, 46 nafari ishlash istagi yo‘q yoshlar bo‘lib, qolganlari ichki migratsiya, uy bekaligi, abiturientlik, bola parvarishi ta’tili hamda moliyaviy barqarorlik holatidagi yoshlardan iborat.
🔴 «Qizil» toifa — 5 nafar (0,63%):
Shundan 4 nafari probatsiya nazoratidagi, 1 nafari yot g‘oya ta’siriga tushib qolgan yosh hisoblanadi.
🏠 Ijtimoiy himoya va kambag‘allik
2026-yilda Duoba MFYda ijtimoiy reestrga kiritilgan 28 ta oila mavjud.
Shundan:
·         17 ta — kambag‘al oila;
·         7 ta — davlat ta’minotidagi oila;
·         4 ta — kambag‘allik chegarasidagi oila.
♿️ Nogironligi bo‘lgan fuqarolar
Mahallada jami 105 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro mavjud bo‘lib, shundan:
🔹 6 nafar — I guruh;
🔹 72 nafar — II guruh;
🔹 9 nafar — III guruh;
🔹 18 nafar — nogironligi bo‘lgan bolalar.
O‘rganish davomida mahalla «yettiligi» tomonidan aholi bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni bandlikka jalb etish, kambag‘al oilalarni daromadli mehnatga yo‘naltirish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va mahalladagi ijtimoiy masalalarni manzilli hal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3