Aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha mavjud vaziyatni o‘rganish maqsadida tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.
✅O‘rganish jarayonida Yunusobod tumani Kengashi deputati Azimova Gulirano tomonidan yoshlar bilan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
🗣️Suhbat davomida yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishi, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
✅Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va o‘z biznesini boshlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ishlar davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!