Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 14-Ipakchi saylov okrugi deputati Madraximov Maqsudbek Mahmudovich hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Kengash Kotibiyati mudiri I. Masharipov va Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirokida Ipakchi mahallasida mavjud holat va aholini qiynayotgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🏘 2001-yilda tashkil etilgan mahallada bugungi kunda 4 788 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda jami 1 159 ta xonadon mavjud.
🚶‍♂️ O‘rganish davomida mahalla hududidagi yo‘l infratuzilmasi, aholining harakatlanishi uchun mavjud sharoitlar hamda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar ko‘rib chiqildi.
🛣 Xususan, “Mehridaryo” ko‘chasining davomi, Chungul bobo ziyoratgohiga olib boruvchi yo‘l hamda Xorazm va Xorazm-1 tor ko‘chalarining 900 metr qismini asfaltlashtirish masalasi dolzarb ekani aniqlandi.
🤝 Mazkur yo‘llarning asfaltlashtirilishi mahalla aholisi, shuningdek, Chungul bobo ziyoratgohiga tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratib, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
🗣 Aniqlangan muammo yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, yo‘l holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar muhokama qilindi.
📌 Jumladan, asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilgunga qadar qabristonga olib boruvchi yo‘lga qum-shag‘al aralashmasi yotqizish orqali vaqtinchalik qulaylik yaratish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud muammoni bosqichma-bosqich hal etish, aholining murojaatlariga amaliy yechim topish hamda hudud yo‘l infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 3