Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 666-sonli "Tashabbusli budjet ("Ochiq budjet") jarayonlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi hamda tumanda “Tashabbusli byudjet” doirasida g‘olib loyihalar ijrosi o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 666-sonli "Tashabbusli budjet ("Ochiq budjet") jarayonlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi hamda tumanda “Tashabbusli byudjet” doirasida g‘olib loyihalar ijrosi o‘rganildi

📍O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida tumanda “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi doirasida g‘olib deb topilgan loyihalar hamda ularni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat o‘rganildi.

🔰O‘rganish ishlari Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov hamda O‘rta Chirchiq tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining Mahallalarning moliyaviy ta’minotini ta’minlash va tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Xamzayev bilan hamkorlikda olib borildi.

🔰 Jarayon davomida 2026-yil 2-mavsumida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan loyihalarning manzilli ro‘yxatga muvofiqligi, ularni moliyalashtirish holati hamda ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔰 G'olib loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, ularning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy natijasi hamda yaratilayotgan shart-sharoitlarning aholi ehtiyojlariga mosligi ko‘rib chiqildi.

🔰 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan loyihalarni belgilangan talablar asosida sifatli amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

❗️Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar davom ettirilib, g‘olib loyihalarning ijrosi va mablag‘larning maqsadli sarflanishi deputatlik nazoratida bo‘ladi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Slide 1 of 2