Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
BILIMLAR KUNI — EZGU NIYATLAR VA YANGI MARRALAR BOShLANISHI

Birlashgan mahallasidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026/2027 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov ishtirok etib, ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi.
Kengash raisi o‘z so‘zida mamlakatimizda yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularning har tomonlama kamol topishi uchun munosib sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Ayniqsa, maktab ostonasidan ilk bor qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilari uchun bugungi kun hayotidagi eng unutilmas va quvonchli voqealardan biri ekani qayd etildi.
Tantanali tadbirda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining an’anaviy “Prezident sovg‘alari” tantanali ravishda tarqatildi. Kichik o‘quvchilarning quvonchi, ularning ilk maktab taassurotlari va samimiy tabassumlari tadbirga yana-da ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
R.Tashpulatov har bir bolaning ta’lim olishi va kelajakda munosib inson bo‘lib voyaga yetishi jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biri ekanini ta’kidlab, o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida ulkan yutuqlar, mustahkam bilim va ezgu maqsadlar tiladi.
Darhaqiqat, bugungi e’tibor va g‘amxo‘rlik — ertangi kunning bilimli, salohiyatli va Vatanga sadoqatli avlodini tarbiyalashga qo‘yilgan mustahkam qadamdir.
🇺🇿 Yangi o‘quv yili — yangi orzular, yangi maqsadlar va yangi yutuqlar sari dadil qadam!

Slide 1 of 3