Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
QUYITOSH MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI TANQIDIY-TAHLILIY O‘RGANILDI.

O‘rganish davomida aholi bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish natijasida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni tashkil etishda kamchiliklar, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda yetarlicha tizimli yondashuv mavjud emasligi tanqidiy nuqtai nazardan qayd etildi.
Xususan, aholi murojaatlari va xonadonlardagi ijtimoiy muammolarni o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning ijrosini nazorat qilish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Aniqlangan muammolar va kamchiliklar “Saylov okrugidagi muammolarni ro‘yxatga olish” deputat kitobiga tegishli tartibda qayd etildi. Muammolarning har biri bo‘yicha mas’ullarni belgilash, ularni bartaraf etish muddatlarini aniqlash hamda ijrosini nazoratga olish zarurligi yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, “Mahalla yettiligi” a’zolari va ijtimoiy xodimga aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni e’tibordan chetda qoldirmaslik, mavjud muammolarni qog‘ozda emas, amaliy natija asosida hal etish hamda har bir murojaatning yakuniy natijasini nazorat qilib borish vazifasi yuklatildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qayd etilgan muammolarning ijobiy yechimini ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3