Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
Tinchlik mahallasidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining holati o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri #24_ta_muhim_masala
Tinchlik mahallasidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 13-Damko'l saylov okrugi deputati Shuxratjon Rahimov hamda Adolat SDP tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimov tomonidan Tinchlik mahallasi hududida joylashgan 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi sanitariya-gigiyena holati, mavjud shart-sharoitlar hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 35-sonli MTTda 8 ta guruh faoliyat yuritib, tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Tashkilotning asosiy binosidagi hojatxona yaroqsiz holatda ekani aniqlandi. Shu sababli bolalar, ayniqsa kuz-qish mavsumida, tashqarida joylashgan hojatxonadan foydalanishga majbur bo‘lmoqda.
Shuningdek, o‘rganish davomida isitish tizimida muammo mavjud emasligi qayd etildi. Biroq maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ochiq havoda mazmunli hordiq chiqarishi va jismoniy faolligini ta’minlash uchun yozgi bolalar o‘yingohi mavjud emasligi aniqlandi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xususan, sanitariya sharoitlarini yaxshilash hamda bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalari bildirildi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 4