Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
"Alpomish" mahallasida ko‘p qavatli uylar ta’miri va infratuzilma holati o‘rganildi!



Termiz shahrida aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, ko‘p qavatli uylar infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda sanitariya-tozalik ishlarini tartibli tashkil etish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Bugun Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Sh.Boyqulov, Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi “Alpomish” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamrohligida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-son qarori asosida nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

Xususan, PQ-48-sonli qaror doirasida ko‘p kvartirali uylarning fasad (tashqi ko‘rinish) qismlarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish hamda tutash hududlarni obodonlashtirish ishlarining borishi, mahalla hududida maishiy chiqindilarni tasdiqlangan grafiklar asosida o‘z vaqtida va uzluksiz olib chiqib ketish xizmatining yo‘lga qo‘yilganligi hamda aholidan kelib tushayotgan kommunal va infratuzilmaviy murojaat va arizalarning o‘z vaqtida va sifatli bartaraf etilishi holati o‘rganildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas’ul pudratchi tashkilotlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5