Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
Chiqindilarni olib ketish xizmati sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tomonidan tumanning “Daxana” mahallasida qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati mahalla raisi ishtirokida o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida ayrim hududlarda chiqindilarni olib chiqib ketish belgilangan jadvaldan kechikib amalga oshirilayotgani aniqlandi. Natijada chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmagan holatlarda ularning to‘planib qolishi kuzatilmoqda. Xususan, yo‘l bo‘ylarida va aholi qatnovi yuqori bo‘lgan ayrim hududlarda chiqindilar to‘planib qolgani ko‘zdan kechirildi. Bu holat hududning sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, atrof-muhitga noqulaylik keltirib chiqarishi va aholining e’tirozlariga sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.

🟢Deputat tomonidan chiqindi tashish xizmati faqat belgilangan grafik asosida transport vositasini yo‘naltirish bilan cheklanib qolmasdan, chiqindilarning to‘liq yig‘ilishi va hududning tozaligi ta’minlanishi bilan baholanishi lozimligi ta’kidlandi. Ko‘p qavatli uylarga yaqin hududlarda kichik chiqindilarni turlari bo‘yicha saralab yig‘ish uchun maxsus konteynerchalar o‘rnatish ishlari ko‘zdan kechirildi. Bunday konteynerlarni o‘rnatish orqali chiqindilarni alohida yig‘ish, hududda tozalikni saqlash va chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

🟢Deputat tomonidan mas’ullarga chiqindilarni olib chiqib ketish grafigiga qat’iy rioya qilish, kechikishlarning oldini olish, yo‘l bo‘ylarida to‘planib qolgan chiqindilarni zudlik bilan bartaraf etish hamda konteynerlar o‘rnatilgandan keyin ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3