Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
Ko‘p qavatli uylar oldilariga piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan tumanning “Daxana” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldilarida barpo etilayotgan piyodalar yo‘laklari sifati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida yo‘laklarning joylashuvi, piyodalar harakati uchun qulayligi, qoplama materiallarining yotqizilishi va hududning umumiy obodonlashtirilishiga alohida e’tibor qaratildi. Piyodalar yo‘laklarini barpo etish aholi uchun kundalik qatnov sharoitlarini yaxshilash bilan bir qatorda, ko‘p qavatli uylar atrofida transport va piyodalar harakatini tartibga solish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

🔺Deputat tomonidan qurilish ishlarida yo‘lak qoplamasining tekis va mustahkam yotqizilishi, piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish imkoniyati yaratilishi, yo‘lak chetlarining tartibga keltirilishi hamda yog‘ingarchilik paytida suv to‘planib qolishining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, foydalanilayotgan materiallarning sifatini nazorat qilish hamda yo‘laklarning uzoq muddat xizmat qilishi uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
 

Slide 1 of 3