Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
DEPUTAT FAOLIYATI.AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat To‘ychiyev Naimjon Yusupovich o‘zi saylangan hududdagi “Qo‘rg‘on” mahallasida bo‘lib, 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalla yettiligi hamkorligida o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishda ishtirok etdi.Uchrashuv davomida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish,ichki yo‘llarni ta’mirlash, infratuzilmani yaxshilash, aholini ichimlik suvi,elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yaxshilash hamda aholi murojaatlari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar tomonidan ma’lumotlar berildi.Shuningdek, fuqarolar tomonidan “Qo‘rg‘on” MFYdagi “Dilkusho” ko‘chasining 1200 metr ichki yo‘l qismini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarildi.Aholi mazkur muammoni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab deputatga murojaat qildi.Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi. Mazkur masalani hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga deputatlik so‘rovi bilan murojaat etish belgilandi.Shuningdek, “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida hududni obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tegishli tashkilotlar
bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.Bunday uchrashuvlar deputatlik nazoratini joylarda kuchaytirish, aholini qiynayotgan muammolarni bevosita o‘rganish, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
  

Slide 1 of 3