Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Do'mbirobod mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-65-14-204-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hududlarda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Xalq nazorati va aholi murojaatlari” platformasi orqali Chilonzor tumani fuqarolaridan ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan jami 79 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar o‘rganilib, tahlil qilinganidan so‘ng, jami 10 924 kv.m hajmdagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash uchun 726 mln so‘m mablag‘ ajratilgan edi.
Ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, shuningdek, ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida bajarilishi ustidan Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan nazorat olib borildi.
Qaror ijrosi doirasida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar asosida Do'mbirobod mahallasi Naqqoshlik ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari yakunlanib, yo‘l asfalt qoplamasi bilan ta’minlandi. Mazkur ishlarning borishi deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, asfaltlashtirish jarayoni nazorat qilindi.
Amalga oshirilgan mazkur ishlar natijasida hududdagi yo‘l infratuzilmasining holati yaxshilanib, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratildi. Bu kabi amaliy ishlar hudud infratuzilmasini rivojlantirish va mahallalar obodonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3