Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
Mehr va e’tibor — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Chilonzor tumanida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ulardan hol-ahvol so‘rash va bayram shukuhini ular bilan baham ko‘rishga qaratilgan ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Bek to‘pi mahalla fuqarolar yig‘inida nogironligi bo‘lgan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olindi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining yangi o‘quv yilini munosib va ko‘tarinki kayfiyatda boshlashi masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ezgu tashabbuslarda, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va saxovatni keng targ‘ib etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlod uchun teng imkoniyatlar yaratish kabi ezgu maqsadlar mujassam.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich tomonidan amalga oshirilayotgan bunday tashrif va muloqotlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularning muammolarini yaqindan o‘rganish va imkon qadar amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Inson qadri ulug‘langan jamiyatda mehr va e’tibor hamisha ezgulikka xizmat qiladi.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, xonadonlarimiz fayzu barakaga to‘la bo‘lsin!

Slide 1 of 3