35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N. Fatullayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan “Zarafshon” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✔️Uchrashuv davomida fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, ularni qiynayotgan masalalar va mahalla hududidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holat yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
✔️Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirib, ularning ijobiy hal etilishida amaliy yordam so‘radilar. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
✔️Deputat N. Fatullayeva saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va qonuniy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
✔️Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7