Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikning barvaqt oldini olish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!
Mahalla faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengashning 8-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati M.Ruziyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “O‘zbekiston” mahallasi Xotin-qizlar faolining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” O‘RQ-561-sonli Qonuni asosida tahlil qilindi.
Mas’ullar tomonidan xotin-qizlar faolining amaliy ishlari atroflicha tahlil qilindi:
Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Oila-turmush munosabatlarida nizo va tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga "Himoya orderi" berilishi holati;
"Ayollar daftari": Daftarga kiritilgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish manzilliligi;
Bandlik va tadbirkorlik: Ishsiz ayollarni daromadli mehnatga jalb etish, kasanachilik va hunarmandchilikka o‘qitish;
Oila ma’naviyati: Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash hamda mahallada sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish.
O‘rganishlar yakunida Kengash raisi D.Normuradova Xotin-qizlar faoliga mahalladagi har bir ayolning muammosiga bee’tibor bo‘lmaslik, nizo kelib chiqayotgan oilalar bilan barvaqt ishlash hamda O‘RQ-561-sonli Qonun ijrosini qat’iy ta’minlash bo‘yicha tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.
Xotin-qizlar huquqi va oila barqarorligi — deputatlik nazoratida!