35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTATLIK NAZORATI: AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK NAZORATI: AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

🏥 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 12-“Mirzo G‘olib” saylov okrugi deputati Dildora Rustamova tomonidan aholini o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash holatini o‘rganish maqsadida “Ziyokor” mahallasida joylashgan 18-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🤝 O‘rganishda deputat Dildora Rustamova bilan birgalikda “Ziyokor” MFY raisi M. Rahmonova ishtirok etib, poliklinika rahbariyati va tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilindi. 18-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori D. Sagatova muassasaning bugungi kundagi faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hamda ish jarayonlari haqida ma’lumot berdi.

👩‍⚕️ O‘rganish davomida fuqarolar poliklinikaga murojaat qilganidan boshlab ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Xususan, registraturada tibbiy karta ochish, bemorlarni tegishli shifokorlarga yo‘naltirish, shifokor ko‘rigidan o‘tkazish hamda retsept rasmiylashtirish tartibi bilan tanishildi.

💻 Shuningdek, poliklinika katta hamshirasi M. Muhamedova tomonidan DMED tizimida patronaj hamshiralarining faoliyati qanday tashkil etilgani amaliy tarzda tushuntirildi. Patronaj xizmatlarini yuritish, aholining salomatlik holatini kuzatib borish va tegishli ma’lumotlarni elektron tizimda qayd etish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Bosh shifokor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 18-sonli oilaviy poliklinika 37 653 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Shu bois aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli yetkazish, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

🔎 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini joyiga chiqib o‘rganish doirasida tashkil etildi. Jarayonda tibbiy xizmatlarning aholiga qulayligi, patronaj tizimi va poliklinika faoliyatining amaliy jihatlariga e’tibor qaratildi.

🔺 Deputat Dildora Rustamova aholi salomatligini muhofaza qilish, birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni muntazam o‘rganib borish deputatlik faoliyatining muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

✅ Hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazorati izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6