Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev hududdagi mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi muhokama qilinib, fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglandi. Bildirilgan fikr va tashabbuslar asosida mavjud masalalarni hal etish hamda hudud taraqqiyotiga xizmat qiladigan amaliy takliflar yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Xalq bilan muloqot — taraqqiyot va islohotlarning eng muhim omilidir.