35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati
D. Kambarova tomonidan “Vatanparvar” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosiy masala sifatida ko‘p qavatli uyning ichki oqova suv tizimidagi muammolar o‘rtaga tashlandi. Mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha dushanba kunidan boshlab Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ishlar jadal ravishda olib borilishi belgilandi. Bunda fuqarolar ham chetda qolmasdan, ushbu uydagi mavjud qariyb 100 mln so‘mlik qarzdorliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, uyning tashqi qismini ta’mirlash bo‘yicha yo‘llangan murojaatlarga munosabat bildirilib, dastur asosida shahardagi 53 ta ko‘p qavatli uylar yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilishi, ushbu ko‘p qavatli uyda ham tegishli ishlar olib borilishi, buning uchun zarur mablag‘lar ajratilgani ma’lum qilindi.

Ish bilan ta’minlash masalalarida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, hududdagi obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholini qiynayotgan boshqa masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Deputat tomonidan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni amaliy jihatdan hal etish uchun mas’ullar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.

Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan ushbu qabul aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, ularning muammolarini eshitish va yechim topish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 3