📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari Ozodaxon Buzurukxodjayeva va Umid Ruziyev tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.
❗️ O‘rganish jarayonida Yashnobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.
📊 Shuningdek, aholi daromadlarini oshirish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash va kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
✅ O‘rganish natijalari sessiyada muhokama qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildiriladi.