📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ozodaxon Buzurukxodjayeva tomonidan Oydinko‘l mahallasi hududida sayyor o‘rganish ishlari olib borildi.
❗️ Deputat mahalla ko‘chalari bo‘ylab yurib, hududdagi mavjud holatni ko‘zdan kechirdi. Jumladan, elektr tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani, elektr ustunlaridagi simlar tartibga keltirilayotgani bilan tanishildi.
🔰 Shuningdek, ko‘chalarda fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, aholini qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar eshitildi.
✅ Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha choralar belgilandi.