📌 O‘zbekiston “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Yashnobod tumanidagi “Qon preparatlari” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasida “Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
❗️Tadbirda Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Zuxra Ubaydullayeva, partiya faollari, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamda korxona xodimlari ishtirok etdi.
🔹 Uchrashuv davomida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, haydovchi va piyodalarning mas’uliyatini oshirish, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalari muhokama qilindi.
✅ Deputat Zuxra Ubaydullayeva yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash har bir fuqaroning mas’uliyati va yo‘l harakati madaniyatiga bog‘liqligini ta’kidlab, tezlik me’yorlariga rioya qilish, yo‘l belgilariga amal qilish hamda piyodalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhimligini qayd etdi.