35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Aholi muammolarini ko‘cha-ko‘cha o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaat va muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari 22-Yunus Ayyomiy saylov okrugining Beshchiqir mahallasida o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi mudiri Masharipov Izzat Masharipovich viloyat Kengashi deputati Ishchanov Alibek Raximberganovich bilan birgalikda mahallani ko‘cha-ko‘cha kezib, xonadonma-xonadon yurdi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Suhbatlar davomida tadbirkorlarning faoliyati, ko‘rsatayotgan xizmat turlari, yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish borasidagi takliflari tinglandi.
Muloqotlarda tadbirkorlar tomonidan imtiyozli kreditlardan foydalanish, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, amaldagi qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Mazkur murojaatlar yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda amaliy ko‘mak talab etadigan masalalar tegishli tartibda nazoratga olindi.
Aholi bilan bevosita muloqot, muammolarni joyida o‘rganish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — hudud rivojining muhim omilidir.

Slide 1 of 4