Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyati mudiri ishtirokida hududlarni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish maqsadida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda sanitariya-tozalash ishlari tashkil etildi.
Amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida ko‘chalar va jamoat joylari tartibga keltirilib, atrof-muhit ozodaligi ta’minlanmoqda, daraxt va gul ko‘chatlari parvarish qilinmoqda, yashil hududlar kengaytirilib, mahallalarning estetik qiyofasini yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.