35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
HUDUDDA HOKIM YORDAMCHISI VA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

Tuman Kengashi deputati G.Maxsudova tomonidan hududda aholi bilan bevosita ishlovchi mas’ullar — hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodimning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining hududdagi aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirayotgan ishlari tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlarini tushuntirish, kasb-hunarga o‘qitish va fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2