35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi

 Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi 

  

  

14-Ma’naviyat saylov okrugi xududidagi Ma’orif MFY Yangiturmush ko‘chasida joylashgan suv minorasi xozirda yaroqsiz axvolga kelib qolgan. Minora tagidan chirib, ichimlik suvi isrofgarchiligi ortgan. Mazkur suv minorasidan mahallaning Yangiturmush, Gulzor va Samarqand ko‘chalarida istiqomat qiluvchi 300 dan ortiq honadon ichimlik suvi bilan taʼminlanadi. Tuman hokimi maslahatchisi M.Axmedov, tuman Suv ta’minoti bo‘limi raxbari A.Oripov va Xalq deputalari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunovlar muammoni joyiga borib o‘rganishdi. O‘rganish mobaynida mahalla raisi N.Jumanova murojaatida ko‘tarilgan masala jiddiy ekanligi aniqlandi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida mahallaga yangi suv minorasi olib
kelish uchun mablag‘ ajratilsh masalasi taklif sifatida kiritiladigan bo‘ldi.
  

Slide 1 of 7