35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Fuqaro murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Chimboyliq” mahallasi Abulqosim ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro R.Zokirov murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish natijasida murojaatchi xonadoni hududidan o‘tgan elektr tarmog‘i simyog‘ochi texnik jihatdan eskirgani hamda avariya holatiga kelib qolgani aniqlandi. Mazkur elektr simyog‘ochi har qanday vaqtda nosozlik yuzaga keltirishi, elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘lishi hamda eng muhimi, xonadon aholisi va atrofdagilarning hayoti hamda sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan mavjud holatni bartaraf etish, xavfsizlik talablarini ta’minlash va ehtimoliy baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida eskirgan simyog‘ochni qisqa muddatlarda yangisiga almashtirish zarurligi ta’kidlandi. Bu borada elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari ishtirokida texnik ko‘rik o‘tkazish va zarur chora-tadbirlarni tezkor amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2