35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

📍 Deputat O‘rikzor mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova O‘rikzor mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar va tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi e’tirof etilib, bu boradagi faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2