35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Yoshlar tashabbuslari — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Rajabov, partiya tuman Kengashi raisi J.Esonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov “Bog‘ishamol” mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar va tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar muhokama qilindi.

Yoshlar bilan ishlash, ularning manfaatlarini himoya qilish va istiqbolli loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4