35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

"Madad" huquqiy maslahat markazi faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Xidirova hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Utegenov Bekobod tumani Adliya bo‘limi huzurida faoliyat yuritayotgan "Madad" huquqiy maslahat markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida markaz faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan bepul huquqiy maslahat xizmatlari hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi. Mutaxassislar bilan muloqot jarayonida aholining huquqiy savodxonligini oshirish va sifatli huquqiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 4