35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga “Hudud gaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariq tuman gaz” ta’minoti bo‘lim A.O‘ralovdan javob olindi.

#Deputat_sorovi_javobi

Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga “Hudud gaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariq tuman gaz” ta’minoti bo‘lim A.O‘ralovdan javob olindi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatining so‘roviga asosan Navro‘z mahallasi aholisini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash holati “Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, mahalla aholisiga suyultirilgan gaz oxirgi marta 2026-yil 15-iyun kuniga qadar yetkazib berilgan. Gaz ta’minotidagi uzilishlar ishlab chiqaruvchi zavodlardan suyultirilgan uglevodorod gazi hajmining kamaygani bilan izohlangan.

Mutasaddi tashkilotning ma’lum qilishicha, Navro‘z mahallasi aholisiga suyultirilgan gaz 2026-yil 25-avgustdan boshlab belgilangan jadval asosida yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1