35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Muzrabot tumani hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, ijro organlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi Sayidali Mahmatqulovich Nurmahmatov olib bordi.

Sessiyada tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid 8 ta muhim masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida deputatlar kun tartibidagi har bir masala yuzasidan faol munosabat bildirib, mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlarini tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qildilar. Hududlarda olib borilgan o‘rganishlar, saylovchilar bilan uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalar hamda fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqib, mutasaddilarga aniq savollar berildi.

Mavjud muammolarni bartaraf etish, qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy natijadorligini oshirish va ularning ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. Mas’ul tashkilot va idoralarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, sessiya jarayonlari “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etildi.

Slide 1 of 9