35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Mahalla xodimlari faoliyati va mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan "Ayollar daftari" bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalla raisi rahbarligida "Dolzarb 40 kun" tadbiri doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli L.Abduqayumova tomonidan "Ayollar daftari"ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni bandlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, tibbiy xizmat va psixologik ko‘mak bilan qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mahallada xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, mahalla raisi F.Ismanova ishtirokida "Dolzarb 40 kun" tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ham o‘rganildi. Jumladan, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, ariq va zovurlarni tozalash, daraxtlarga shakl berish va oqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, mahalla hududlarini sanitariya jihatdan ozoda saqlash, ijtimoiy obyektlar atrofini obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish va aholi ishtirokida hasharlarni samarali tashkil etish ishlarining borishi tahlil qilindi.

Slide 1 of 2