35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

🗓 2026-yil 29-iyul kuni Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📋 Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1️⃣ Shovot tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.
Mazkur masala yuzasidan budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablag‘larni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
2️⃣ Shovot tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Abdullayev Dilshod Raximovichning tuman mahalliy budjetining 2026-yil yarim yillik hamda II-chorak ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti.
Hisobot davomida mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari ijrosi, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda moliyaviy ko‘rsatkichlarning bajarilishi yuzasidan batafsil axborot berildi.
3️⃣ Shovot tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sultanov Inomjon Ikramovichning 2026-yil II chorak davomida tumanda budjet daromadlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan hisoboti.
Hisobotda soliq tushumlarini oshirish, prognoz ko‘rsatkichlari ijrosini ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish va budjet daromadlarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2