35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Mahalla hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Yusupov tomonidan Andijon shahridagi “Islomobod” MFYda hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi xonadonlarini o‘rganish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar, mavjud vazifalar ijrosi, aholini qo‘llab-quvvatlash va ularning daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Mahallada aholi bilan manzilli ishlash, fuqarolar bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1