35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

🏥 Markaziy shifoxonaning Yuqumli kasalliklar bo‘limi faoliyati o‘rganildi
🏥 Markaziy shifoxonaning Yuqumli kasalliklar bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, kotibiyat mutaxassislari J.Ergashev, O.Nosirov hamda hududiy deputat Z.Norova ishtirokida tumandagi Markaziy shifoxonaning Yuqumli kasalliklar bo‘limi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi:
Bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va yaratilgan shart-sharoitlar;
Bo‘limning dori-darmon vositalari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
Sanitariya-gigiyena qoidalari hamda belgilangan tartib-taomillarga rioya etilishi.
Yakunda aniqlangan masalalar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 4