35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Deputatlik nazorati doirasida muhim masala muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida Meliorativ ekspeditsiya bo‘limi boshlig‘i A.Xudaynazarovning tumandagi meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi.

Sessiyada kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash, meliorativ holati og‘ir maydonlarni tiklash, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda fermerlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

Qabul qilingan qarorga muvofiq, mazkur yo‘nalishdagi ishlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati doimiy ravishda olib boriladi.