35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

🌱 Ijtimoiy himoya va "yashil" ta’mir ishlari qo‘llab-quvvatlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori ijrosi doirasida 309 million so‘m mablag‘ "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Mazkur mablag‘ Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarini "yashil" ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga sarflanadi.

🤝 Bu tashabbus ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.