35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi Deputati M.Salimova tomonidan Shahar hokimi o‘rinbosari F.Alimov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

✅Bunyodkor mahallasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda ularning murojaatlarini o‘rganish jarayonida, shuningdek, Shirin shahar sport maktabi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, sportchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mashg‘ulotlarning tashkil etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

➡️O‘rganishlar davomida sport zalida foydalanilayotgan konditsioner nosoz holatda ekani aniqlandi. Mazkur holat yozning issiq kunlarida mashg‘ulotlar olib borayotgan sportchi yoshlar uchun noqulay sharoit yuzaga keltirayotgani, shuningdek, ularning salomatligi va mashg‘ulotlarning sifatli tashkil etilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

📌Shu munosabat bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan deputat so‘rovi yuborilib, sport maktabi sport zalidagi nosoz konditsioner holatini atroflicha o‘rganish, uni ta’mirlash yoki texnik xulosaga ko‘ra yangisiga almashtirish choralarini ko‘rish hamda sportchi yoshlar uchun sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan qulay mashg‘ulot sharoitlarini yaratish yuzasidan zarur amaliy tadbirlarni amalga oshirish so‘raldi.

Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning salomatligini muhofaza qilish hamda sport inshootlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Slide 1 of 1