35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

OCHIQ MULOQOTLAR MUHIM AHAMIYAT KASB ETADI

 🔹 Ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda “Madad” NNT tuman huquqiy maslahat byurosi mas’ul xodimi Ravshanbek Alijonov, O‘zLiDep tuman
kengashi apparat rahbari Dilfuzaxon Nishonava va mahalla mas’ullari ishtirok etdilar.
 

🔹 Mahallaiy Kengash deputatlari hududda aholi farovonligini yuksaltirish maqsadida mahallalardagi ijtimoiy infratuzilmani (yo‘llar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti) rivojlantirish ishlarini o‘rgandi. Ular mahalla mas’ullari va faollar bilan muloqot qilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilashdi. 

🔹 Uchrashuvdan asosiy maqsad – mahalladagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni tinglash, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. 

🔹 Muloqot davomida ichki yo‘llarni ta'mirlash, ichimlik suvi ta'minoti, elektr energiyasi, obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
hamda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan boshqa dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi hamda ularni bosqichma-bosqich ijobiy hal etish choralari belgilandi.
 

🔹 Uchrashuv ishtirokchilari deputatlar faoliyatiga oid o‘z fikr va takliflarini bildirib, hududni yanada rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish, shu bilan birga, mahalladagi dolzarb masalalarni tezkor hal etishda bunday ochiq muloqotlarning ahamiyati yuqori ekanini alohida ta'kidladilar. 

🔹 “Madad” NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bilan fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish, murojaat qiluvchilarga huquqiy masalalar bo'yicha maslahat va tushuntirishlar berish borasida olib boriladigan amaliy ishlar kelishib olindi. 

📌 “Madad” NNT mas’ullari bilan xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylov okruglarida saylovchilari bilan uchrashuvlarini belgilangan tartib va talablar asosida o‘tkazish, shuningdek tumani Kengashi kotibiyatining haftalik ish rejalarini bajarilishida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari kelishib olindi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1