35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 24-“Bobotog‘” saylov okrugidan O‘zLiDeP fraksiyasi a’zoligiga saylangan deputat Jahongir Hasanov o‘z okrugiga qarashli “Tolto‘g‘ay” MFYda bo‘lib, mahalla yettiligining ish samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Mahalla yettiligi” tizimining joylardagi ijrosi, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy daftarlar (“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”) bilan ishlash holatiga qaratildi.

Deputat J.Hasanov mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimdan iborat yettilik a’zolarining o‘zaro hamkorligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini tahlil qildi.