Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi D. Safarova tumandagi budjet loyihalarining amaldagi ijrosi va mablag‘larning maqsadli sarflanishini shaxsan nazorat qildi.
Uchrashuv va o‘rganishlar davomida tuman budjeti hisobidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, qurilish-obodonlashtirish ishlari va ularning sifati atroflicha tahlil qilindi.
Asosiy talab: Shaffoflik, sifat va muddat! Xalq mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi tumandagi har bir fuqaro hayotida ijobiy o‘zgarish yasashi shart.
Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga qat’iy ogohlantirishlar berilib, ijro muddati nazoratga olindi.