#Huquqiy_axborot_soati
Mahalliy Kengashlar vakolatlaridan...
2026-2027 yillarda ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini samarali tashkil etish. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.02.2026 yildagi PQ-48-son qarori) (https://www.lex.uz/uz/docs/-8037375)
🔹Amalga oshirish mexanizmi quyidagilardan iborat:
🟢shakllantirilgan loyiha takliflari bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari, loyiha tashkilotlari bilan birgalikda har bir hududning xususiyatlarini inobatga olgan holda joylarda loyihaoldi tadqiqotlarini o‘tkazish;
🟢loyiha takliflarini ishlab chiqish va xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari qarorlari bilan manzilli dasturni tasdiqlash;
🟢ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish ishlari uchun yer maydonlarini belgilash;
🟢tasdiqlangan dasturlarni «Turarjoy» MAT orqali ularning hisobini yuritish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga taqdim etish. Bunda vazirlik dastur doirasida amalga oshirilgan ishlarning raqamli monitoringini olib boradi;
🟢har bir loyihaning bajarilishi holatini muntazam ravishda barcha darajadagi vakillik organlari deputatlari tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring qilib borish.