35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi O.Isanov, deputatlar hamda yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvni Kengash raisi kirish so‘zi bilan ochib, mahalliy Kengashning asosiy vazifalari, deputatlarning vakolatlari va faoliyat yo‘nalishlari, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o‘rni hamda aholi manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularning fuqarolar hayotidagi ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Muloqot davomida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati X.Shayimova so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlar uchun ta’lim olish, kasb-hunar egallash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlardan oqilona va samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlarni bilim va salohiyatini muntazam oshirib borishga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qiladigan, tashabbuskor va faol fuqarolar bo‘lib kamol topishga chorladi.

Uchrashuv yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 5