Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputatlar Y.Berdiyarov, N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan "Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla" dasturi doirasida Andijon mahallasida barpo etilayotgan piyodalar yoʻlakchasi qurilish ishlari holati oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida piyodalar yoʻlakchasida olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati, belgilangan reja-jadval asosida bajarilish holati hamda qurilishning borishi koʻzdan kechirildi. Shuningdek, masʼullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.