Xususan, murojaatda ko‘tarilgan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda mas'ul idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.
Deputat tomonidan murojaat ijrosi alohida nazoratga olinib, masalaning ijobiy yechim topishi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan tizimli ish olib borilishi ta'kidlandi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va qonuniy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.