Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputatlik nazorati olib borildi.

O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Matirzayev 11-Xolimbeg saylov okrugida bo'lib, Xolimbeg OFYdagi istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilaning uy-joyini ta’mirlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Deputat tashrif davomida ta’mirlash ishlari sifati, qurilish materiallarining yetkazib berilishi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, oila a’zolari bilan suhbatlashib, ularning taklif va ehtiyojlarini tingladi.

O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilotlar vakillariga ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

Slide 1 of 3