Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

MAHALLLADA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA DEPUTAT NAZORATI

🔹Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 25-Yangi Toyloq saylov okrugidan saylangan deputat M.Aminova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Rajabova ishtirokida "Charagʻbon" mahallasida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi.

🔹Uchrashuv davomida tuman ichki ishlar boʻlimining hisoboti yuzasidan hududiy profilaktika inspektorining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔹Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar;
Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida profilaktik tadbirlarning samaradorligi;
Fuqarolarni qiynayotgan muammolar va ularni joyida hal etish choralari.

🗣 Deputat taʼkidlaganidek: "Mahallada tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash — nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki har birimizning masʼuliyatimizdir. Profilaktika inspektorining aholi bilan yaqin muloqoti xavfsiz muhit yaratishning bosh omilidir."
🔹Oʻrganish yakunida aniqlangan masalalarni tizimli hal etish va hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1