Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
Jondor markazida zamonaviy sug‘orish texnologiyasi joriy etildi
янв.21
Jondor tumanida yangi investitsiya loyihalari iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilmoqda
янв.21
"Dalmunobod" mahallasida kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dalmunobod” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Dalmunobod” mahallasida aholini qiynayotgan muammolar muhokama etildi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala "QONUNLAR IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA"
#_deputat_faoliyati
#_162_ta_qonun
#_24_ta_masala

"QONUNLAR IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA"


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “15-Telpakchinor” saylov okrugi deputati, tuman Kengashi bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan Sariosiyo tumani “Galabutta” mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–139-son Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Deputatlik nazorati davomida mahallada bola huquqlarini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki, mavjud muammolarni o‘rganish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, Qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish hamda himoya qilish, shuningdek, bolalarga yoki ularning qonuniy vakillariga huquqiy, uslubiy, axborotga oid va boshqa masalalarda yordam ko‘rsatish borasida hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.
Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli mutasaddilarga amaliy tavsiyalar berildi. Qonun hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, xotin-qizlar manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini oshirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.
Ta’kidlash joizki, deputatlik nazorati tadbirlari qonunlar ijrosini ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi hamda hisobdorligini kuchaytirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Slide 1 of 3