Жаңалықлар

Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish masalasi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi bilan hamkorlikda sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketishining sabablarini aniqlash va uning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar okruglarga chiqib o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida mas’ul tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Masala yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 4