Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 5-"Yangiqishloq" saylov okrugidan saylangan deputati U. Dustova tomonidan mahallalardagi muhim masalalar o‘rganilmoqda.
👩 Jumladan, mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🔍 Ushbu jarayonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash va jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.
✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🤝 Xotin-qizlarimiz farovonligi va faolligi — jamiyatimiz taraqqiyoti garovi!